Dunyo boʻyicha havosi eng toza va ifloslangan shaharlar roʻyxati eʼlon qilindi

    Yashil sayyora 30 Oktabr 2020 7671

    Havosi eng toza shahar sifatida esa Yaponiyaning Kobe shahri topildi.

    IQAir dunyoda havosi eng ifloslangan va toza boʻlgan shaharlar roʻyxatini eʼlon qildi. Eng ifloslangan havoga ega shaharlar Pokiston, Hindiston, Kuvayt va Moʻgʻulistonda joylashgani qayd etilgan. Shuningdek, Ukraina poytaxti Kiyev ham kuchli beshlikka kirdi.

    Tadqiqot natijalari 2020-yil 30-oktyabr kuni eʼlon qilindi.

    Pokistonning Lahor, Hindistonning Dehli va Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahri hozirgi kunda dunyoda havosi eng ifloslangan shaharlar hisoblanadi.

    Oʻzbekiston poytaxti Toshkent esa roʻyxatda toʻqqizinchi pogʻonada. Bundan tashqari, quyidagi shaharlar yuqori pogʻonalarni egalladi:

    - Bishkek (Qirgʻiziston)

    - Pekin (Xitoy)

    - Uxan (Xitoy)

    - Belgrad (Serbiya)

    - Katmandu (Nepal)

    Havosi eng toza shahar sifatida esa Yaponiyaning Kobe shahri topildi.