Dunyo bo'yicha koronavirusga qarshi 8 milliarddan ziyod emlash amalga oshirildi

    Ayni paytda dunyo bo'yicha odamlar 8,03 milliard doza COVID-19ga qarshi vaksina bilan emlangan.

    Uning yarmidan ko'pi — 4,16 milliardi Xitoy (2,5 milliard), Hindiston (1,2 milliard) hamda AQSH (0,46 milliard) hissasiga to'g'ri keladi.

    Sayyoramizda qancha odam koronavirusga qarshi to'liq vaksinatsiyadan o'tgani bo'yicha aniq ma'lumot yo'q. Boisi mamlakatlar faqat COVID-19ga qarshi sertifikatlangan dozalar, emlanishlar bo'yicha ma'lumot berishmoqda. Qolaversa, ayrim davlatlar aholisi qaytadan koronavirusga qarshi emalanmoqda.

    Bugungi kunda dunyo miqyosida koronavirusga qarshi 15 tacha vaksinadan foydalanilmoqda, deya xabar beradi tass.ru.