1990 yildan 2021 yilgacha insul`t bilan kasallanganlar soni 70 foizga, insul`t bilan bog'liq o'limlar soni esa 44 foizga oshgan. 2021 yilda insul`t dunyoda yurak ishemik kasalligi va COVID-19 dan keyin o'limning uchinchi sababi bo'ldi.
Tahlilda 1990 – 2021 yillarni qamrab olgan Global kasallik yuki tadqiqoti ma'lumotlaridan foydalanildi. Tadqiqotchilar yuqori tana massasi indeksi, arterial bosimi, qonda qand miqdori va havo ifloslanishining kabi xavf omillarining ta'sirini baholashdi. Insul`t xavfi past va o'rta daromadli mamlakatlarda sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi.
Tadqiqot ekologik omillar, jumladan, yuqori harorat va kichik zarrachalar bilan havoning ifloslanishi insul`t xavfini yuzaga keltirishini ko'rsatdi. Ushbu xavf omillari, ayniqsa, kam daromadli mamlakatlarda jiddiy bo'lib, atrof-muhit sifatini yaxshilash va metabolik kasalliklarning oldini olish bo'yicha harakatlarni kuchaytirishni taqozo etadi.
Tadqiqot mualliflari insul`tning oldini olishning yanada samarali strategiyalarini amalga oshirish muhimligini qayd etishdi, bu esa aholiga asoslangan chora-tadbirlar va individual yondashuvlarni o'z ichiga olishi kerak. Sog'liqni saqlash tizimini takomillashtirish va telemeditsina va sun'iy intellekt kabi yangi texnologiyalardan foydalanish kelajakda insul`tning global yukini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, deb xabar beradi lenta.ru.