Natijalar shuni ko'rsatdiki, chiqindilarning umumiy miqdori 11 million tonnaga yetishi mumkin.
Har daqiqada bir yuk mashinasi hajmidagi plastik okeanga tashlanadi. 2040-yilga kelib dunyo bo'ylab ishlab chiqariladigan plastik mahsulotlar miqdori ikki baravar ko'payishi kutilmoqda, bu esa ifloslanish muammosini yanada kuchaytiradi.
Olimlarning ta'kidlashicha, plastik chiqindilarning katta qismi qit'alar atrofida to'planadi. Chiqindilarning taxminan yarmi (46 foiz) 200 metrdan kamroq chuqurlikda joylashgan. Qolgan 54 foizi esa 200 dan 11 ming metrgacha chuqurlikda to'plangan.
Olimlarning qayd etishicha, tadqiqot dunyo okeanlarida plastiklarning ko'chishi va to'planishi mexanizmlarini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Bu plastik chiqindilar bilan kurashish uchun yanada samarali choralar ko'rish imkonini beradi, deb xabar beradi mir24.tv.