Yurtimizda joriy yilning 28-29-30-sentyabr kunlari o'tkazilayotgan “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yuqori ruhda davom etmoqda. Yirik tadbirning ikkinchi kunida dunyo olimlari Qashqadaryo jam bo'lishadi, deb yozdi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Shu munosabat bilan, bugun Qarshi temiryo'l vokzalida AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Misr, Ummon, Eron, Pokiston, Ozarboyjon kabi 14 mamlakatdan 18 nafar nufuzli olimlar tantanali kutib olindi. So'ng mehmonlar avtobuslarda Shahrisabz shahriga yo'l oldi.