Dunyoda Bill Geytsdan ham boy odam bor. Buni uning o'zi tan olgan

    Voqea-hodisalar 16 May 2020 6162

    Bill Geyts dunyodagi eng boy odam bo'lgan paytlar kimdir unga savol beribdi:

    – Dunyoda sizdan ham boyroq inson bormi?

    Ha, – deb javob beradi Bill Geyts. – Mendan ham boyroq bir inson bor. U paytlar men hali mashhur yoki boy emasdim. Bir kuni N`yu-York aeroportida gazeta sotayotgan kishini ko'rdim. Undan gazeta sotib olmoqchi bo'lib, hamyonimni ochsam, mayda pulim yo'q ekan. Keyin gazetani sotuvchiga qaytarib berdim. Unga qarab “Mayda pulim qolmabdi, gazetangizni sotib ololmayman”, dedim. SHunda sotuvchi “Mayli, sizga tekinga beraman”, dedi. Men noiloj gazetani oldim. Oradan 2-3 oy o'tib tasodifan men yana o'sha aeroportga qo'ndim va bu safar ham gazeta sotib olish uchun mayda pulim yo'q edi. Sotuvchi yana qo'limga gazeta tutdi. Men bu safar ham mayda pulim yo'qligini aytib, gazetani rad qildim. U menga yana “Olavering, o'zimning hisobimdan beryapman. Bu bilan men zarar ko'rmayman”, dedi. Men gazetani oldim.

    Oradan 19 yil o'tib men mashhur bo'lib ketdim, butun dunyo meni taniy boshladi. Keyin to'satdan o'sha sotuvchi esimga tushib qoldi. Uni rosa izladim va bir yarim oy deganda topdim. Undan “Meni taniyapsizmi?” deb so'radim.

    – Ha, siz Bill Geytssiz, – dedi u.

    esingizdami, bir safar siz menga tekinga gazeta bergansiz? – dedim.

    – esimda, ikki marta berganman, – dedi sotuvchi.

    – O'sha vaqt qilgan yordamingiz haqini to'lamoqchiman. Tilang tilagingizni, meni uni ado etaman, – dedim shoshgancha.

    Sotuvchi menga qarab turdi-da, dedi:

    – Janob, siz shu bilan mening yaxshiligimga to'la javob qaytara olaman, deb o'ylaysizmi? Bu bilan qarzingiz uzilib qolmaydi-ku.

    Nega? – hayron bo'ldim men.

    – Men sizga kambag'al sotuvchi bo'lgan paytim yordam berganman, siz esa badavlat bo'lgachgina yordam bermoqchisiz. Dunyodagi eng boy odamga aylangach qiladigan yordamingiz mening nochor paytda qilgan yordamimga qanday qilib teng bo'ladi? – dedi u.

    O'sha kuni gazeta sotuvchisi mendan ham boyroq, mendan ham badavlatroq ekanini angladim. CHunki u odamlarga yordam berish uchun boyib ketishni kutmagan. Haqiqiy boy odam bu – puli ko'p odam emas, balki yuragi boy odam hisoblanadi.

    Odamlar shuni tushunishi kerak: kimgadir mehribonlik qilsangiz, ko'rinishingiz qanday bo'lmasin, siz dunyodagi eng ko'rkam insonga aylanasiz.