“The Guardian” nashrining yozishicha, tamaki chekmagan odamlarning oʻpka saratoni bilan kasallanishiga ekologiya yomonlashuvi va havo ifloslanishi sabab boʻlayotgan boʻlishi mumkin.
Xalqaro saratonni oʻrganish agentligi (IARC) maʼlumotlariga koʻra, oʻpka saratoni butun dunyo miqyosida onkologik kasalliklardan oʻlimning beshinchi eng keng tarqalgan sababidir. 2022-yilda bu kasallik 2,5 million kishida aniqlangan. Oʻpka saratoni bilan kasallanishning eng yuqori koʻrsatkichlari Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa Xitoyda qayd etilgan.
Olimlarning taʼkidlashicha, chekmaydigan odamlarda oʻpka saratoni koʻpincha adenokarsinoma shaklida namoyon boʻladi. 2022-yilda bu kasallik erkaklarda oʻpka saratoni holatlarining 45,6 foizini, ayollarda esa 59,7 foizini tashkil etgan. 2020-yilda ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 39,0 va 57,1 foiz edi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, ayollar oʻrtasida oʻpka saratoni bilan kasallanish sezilarli oʻsganini qayd etmoqda. 2022-yilda u butun dunyo boʻylab 900 ming ayolda aniqlangan.