Dunyoda H5N5 parranda grippidan birinchi marta odam o'limi qayd etildi

    AQShda H5N5 parranda grippi shtammidan birinchi marta odam o'limi qayd etildi. Vafot etgan odam keksa edi va sog'lig'ida muammolari bor edi.

    Ilgari odamlarda kuzatilmagan H5N5 parranda grippi shtammi bilan kasallangan birinchi bemor AQShning Vashington shtatida vafot etdi.

    Shtat Sog'liqni saqlash departamenti juma kuni marhum keksa bo'lganini va sog'lig'ida muammolari borligini e'lon qildi.

    Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, bemorning hovlisida turli xil parrandalar topilgan. Oila a'zolarining shaxsi maxfiylik sababli oshkor qilinmayapti.

    Bugungi kunga qadar AQShda so'nggi bir yarim yil ichida barcha 70 ta kasallik holati H5N1 shtammi bilan bog'liqligi aniqlangan. Vashingtondagi o'lim yangi bosqich boshlanganini ko'rsatdi: ilgari faqat hayvonlarda aniqlangan H5N5 virusi birinchi marta odamlarda aniqlandi, deb xabar berdi ru.euronews.com.