Brent markali neft fyucherslarining oktyabr oyida yetkazib berish shartnomalari 25 sentga oshib, bir barreli 91,87 dollarni tashkil etdi. AQShning WTI markali neft fyucherslarining sentyabr oyida yetkazib berish shartnomalari 2 sentga arzonlab, bir barreli 85,81 dollardan sotildi. Shu bilan birga, faolroq savdo qilinayotgan WTIning oktyabr oyidagi shartnomasi 14 sentga oshib, 84,53 dollarga yetdi.

Brent bir kun avvalgi savdolarni bir barreli 91,62 dollar darajasida yakunladi, narx 0,7 foizga oshdi. WTI esa 1,1 foizga qimmatlab, 85,83 dollardan savdolandi. Har ikki etalon neft navi 24-iyuldan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

Bozor ishtirokchilari Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat va Yaqin Sharqdan neft yetkazib berishga tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholamoqda. BAA va Eron o‘rtasidagi keskinlikning kuchayishi ham qo‘shimcha e’tiborni tortyapti.

Ayni paytda AQShdagi neft zaxiralari haqidagi ma’lumotlar narxlarning yanada o‘sishini cheklayapti. AQSh Energetika axborot boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada mamlakatdagi tijoriy xom neft zaxiralari kutilmaganda 4,4 million barrelga oshgan, deb xabar berdi Kazinform.