“Statistical Review of World Energy 2025” hisoboti ma’lumotlari asoslangan infografika bu borada eng yirik istemolchilar ketma-ketligini namoyish etadi.
2024-yilda Xitoy 92,2 eksajoul ko‘mir iste’mol qildi va bu borada jahon hajmining 55,8 foizini tashkil etdi. Bunday ko‘rsatkich mamlakat sanoati ko‘lamini, uning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini va qayta tiklanadigan energiya manbalarining jadal rivojlanishiga qaramay, ko‘mir ishlab chiqarishga qaramligini bildiradi. Xitoy va Hindiston birgalikda jahon ko‘mir iste’molining deyarli 70 foizini ta’minlaydi, bu esa aholi eng ko‘p yashaydigan ikki mamlakatda talabning yuqori konsentratsiyasini ta’kidlaydi.
Ushbu ikki yirik mamlakatdan tashqari, uchinchi o‘rinni 4,8% bilan AQSh egallaydi, undan keyin Indoneziya (2,9%), Yaponiya (2,7%) va Rossiya (2,3%) turadi.
Mamlakatlar toza energiya manbalariga o‘tgani sayin ko‘mirga bo‘lgan talab notekis o‘zgarmoqda. Masalan, iqtisodi rivojlangan bir qator mamlakatlarda ko‘mirdan foydalanish qisqarayotgan bo‘lsa, energiya iste’moli tobora ortib rivojlanayotgan mamlakatlarda esa ko‘mir ishlatish hali ham ortib borayotir. Jumladan bu borada eng katta o‘sishni Vetnam – 9,3%, undan keyin Indoneziya (9,0%) ko‘rsatdi. Shu bilan birga ko‘mirdan foydalanish Turkiyada 7,1 foizga, Hindistonda esa 3,7 foizga oshdi, deb xabar berdi naked-science.ru.