Germaniyaning Lilium kompaniyasi birinchi bo'lib o'z qurilmalarini jismoniy shaxslarga sotib olish uchun taklif qilmoqda.
eVTOL deb nomlangan qurilma original dvigateli bilan ajralib turadi. Mashinaning to'rtta qanotining har birida umumiy korpus ostida yashiringan kichik propellerlar qatorlari mavjud. Ulardan ham ko'tarilish, ham gorizontal harakatlanish uchun foydalaniladi. Qurilma qanotli tomchiga o'xshaydi va uning maksimal tezligi soatga 250 kilometrga yetadi.
2021-yilda Lilium Braziliyaning ichki reyslarga ixtisoslashgan Azul aviakompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Lilium deyarli bir milliard dollar evaziga noma'lum muddat ichida 220 ta qurilma ishlab chiqarishni va'da berdi. Shartnoma qanday amalga oshirilayotgani noma'lum, biroq Lilium yaqinda EMCJET bilan hamkorlik boshlanganini e'lon qildi. Texasda joylashgan ushbu tashkilot xususiy samolyotlarni boshqarish bilan bog'liq turli masalalar bilan shug'ullanadi.
EMCJET 2030-yilgacha ushbu mintaqada Lilium mahsulotlarini sotish huquqlarini qo'lga kiritdi, deb xabar beradi techcult.ru.