Bu haqda Arktika va Antarktika tadqiqot instituti matbuot xizmati ma'lum qildi.
“Dunyodagi eng katta aysberg A23a Janubiy Georgiya orolidan taxminan 300 kilometr uzoqlikda siljishda davom etmoqda. Shunisi e'tiborga loyiqki, so'nggi paytlarda erish tufayli aysbergning hajmi qisqara boshlagan, 2023-yilning noyabr oyidan boshlab ochiq suvda suzish paytida u o'z maydonining taxminan 9 foizini yo'qotgan. 2025-yilning dastlabki ikki haftasida aysberg haqiqatan ham Janubiy Georgiya oroli tomon harakatlanayotgan edi. Biroq, so'nggi haftada, 15-23-yanvar oralig'ida A23a yo'nalishini o'zgartirib, g'arbga chekinishni boshladi, bu sun'iy yo'ldosh tasvirlarida aniq ko'rinib turibdi. Uning keyingi yo'nalishi shamol va okeanning bu qismidagi oqimlarga bog'liq bo'ladi, ammo u oroldan o'tishi mumkin”, deyiladi institut xabarida.
Sayyoradagi eng katta aysberg A23a 1986-yil sentabr oyida Filxner muz shelfining tashqi chetidan bo'linib ketdi. Aysberg Ueddella dengizi markaziy qismida 30 yildan ortiq vaqt davomida turib qolgan edi. 2023-yil noyabr oyining o'rtalarida drift natijasida ochiq suvga chiqib ketdi, deb xabar beradi report.az.