Dunyodagi eng katta raqamli kamera ishlab chiqildi

    AQSh energetika vazirligining SLAC Milliy tezlatkich laboratoriyasi olimlari va muhandislari dunyodagi eng katta raqamli kamera — Legacy Survey of Space and Timeni ishlab chiqishdi.

    3200 megapikselli ushbu asbob Vera K. Rubin rasadxonasiga o'rnatiladi. Bu haqda Phys.org saytidagi press-relizda ma'lum qilindi.

    Kameraning og'irligi taxminan uch tonna, obyektivining diametri esa 1,5 metrni tashkil qiladi. Vakuum kamerasining ichida diametri taxminan bir metr bo'lgan yana bir linza mavjud.

    Mazkur kamera galaktikalarni va vaqt o'tishi bilan koinot qanday o'zgarganini o'rganish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, u qorong'u materiya klasterlari va o'ta yangi yulduzlarni kuzatish uchun ishlatiladi.

    Kamera Chilida 2,7 kilometr balandlikda joylashgan Serro Pachon tog'idagi Rubin observatoriyasi tadqiqot teleskopiga o'rnatiladi, deb xabar beradi lenta.ru.