Bu haqda Ueyton oilasi xabar berdi.

SHu yilning fevral oyida u yaponiyalik Titetsu Vatanabe (u ham 112 yoshda edi)  vafotidan keyin eng uzoq umr ko'rgan inson sifatida qayd etilgandi.

 U 28-may kuni saraton kasalligidan vafot etdi.

Robert Uayton 1908 yil 29 martda SHarqiy Yorkshirning Xall shahrida tug'ilgan.

“Bob o'z oilasi uchun g'ayrioddiy odam edi, uning bunday aql bovar qilmaydigan yoshga etishi buning isbotidir”. U barchamiz uchun namuna bo'lgan, hayotini butun dunyo bo'ylab juda ko'p odamlar bilan muloqot qilib,  katta qiziqish bilan o'tkazgan ", - deyiladi uning qarindoshlari bayonotida.