Dunyodagi eng keksa Prezident Kamerunda yangi muddatga qayta saylandi

    Dunyoning eng keksa Prezidenti, 92 yoshli Pol Biyya Kamerunda etti yillik muddatga qayta saylandi.

    Bu haqda Reuters xabar berdi.

    Mamlakat Konstitutsiyaviy sudining ma'lumotlariga ko'ra, Biyya 53,66 foiz ovoz oldi. Saylov 12-oktabr kuni bo'lib o'tdi, ammo Konstitutsiyaviy sud natijalarni 15 kundan keyin rasman e'lon qildi. Saylov komissiyasi ovoz berish tinch muhitda o'tganini xabar qildi.

    Pol Biyya Kamerunni 1982-yildan beri boshqarib keladi. Bu uning sakkizinchi bor saylanishidir, deb xabar berdi vesti.kg.