Dunyodagi eng kichik umurtqali hayvon topildi

    Olimlar Brachycephalus pulex qurbaqasi nafaqat eng kichik dumsiz amfibiya, balki dunyodagi eng kichik umurtqali hayvon ekanligini aniqlashdi.

    2011-yilda kashf etilgan bu amfibiya turi Braziliyaning Baiya shtatining janubiy qismidagi bir necha tepaliklardagina uchraydi. Yangi tadqiqotda mutaxassislar 46 ana shunday qurbaqalarni o'lchab, katta yoshli erkak qurbaqaning o'rtacha uzunligi yetti millimetrdan sal oshishini aniqlashdi. Urg'ochilari o'rtacha bir millimetrga uzunroq edi.

    Eng kichik namunaning uzunligi atigi 6,45 millimetrni tashkil etdi, bu avvalgi rekordchidan 30 foizga kam.

    Tadqiqot mualliflari hali topilmagan yoki o'rganilmagan kichikroq mavjudotlar bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.