Aviakompaniya ushbu yo'nalishni Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Amerika o'rtasidagi “Havo Ipak Yo'li” deb ham atagan. Parvozlar 4-dekabrdan boshlab haftasiga ikki marta Boeing 777-300ER samolyotlarida amalga oshiriladi.
Argentina poytaxtiga parvoz 25,5 soat, qaytish esa 29 soat davom etadi. Ikkala yo'nalishda yo'lovchilar dam olishlari uchun samolyot Yangi Zelandiyada ikki soat to'xtab o'tadi. Shuning uchun parvoz to'g'ridan-to'g'ri hisoblanadi, lekin to'xtovsiz emas, deb xabar berdi daily.afisha.ru.
CNNning ta'kidlashicha, Singapore Airlines hozirda eng uzun to'xtovsiz parvozni amalga oshirmoqda. Uning samolyotlari Singapurdan Nyu-Yorkka 18 soatda uchadi.








