9-11-oktyabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va oʻrtacha iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asosan kechalari +11...+16 daraja, kunduz kunlari +25...+30 daraja boʻladi.
11-oktyabrda respublikamizning shimoli-gʻarbiy hududlariga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayadi. Havo harorati 12-17 darajagacha pasayadi.
12-13-oktyabr kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelishi Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. 12-oktyabrda, shuningdek, 13-oktyabrda kechasi va ertalab respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 13-oktyabrda kunduzi faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +6...+11 darajagacha, shimolda +2...+7 daraja iliqgacha, kunduz kunlari +12...+17 darajagacha pasayadi.
Respublikaning togʻli hududlarida +12...+13-oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi.
Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq kirib kelishi kuzatiladi.
Poytaxtimizda: havo oʻzgarib turadi, 9-11-oktyabr kunlari yogʻingarchilik kutimaydi, 12-oktyabrda kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, 13-oktyabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat: 9-oktyabrda +25...+27 daraja, 10-11-oktyabrda kechasi +12...+15 daraja, kunduzi +27...+29 daraja, 12-oktyabrda kechasi +14...+16 daraja, kunduzi +24...+26 daraja, 13-oktyabrda kechasi +6...+9 daraja, kunduzi +12...+15 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-13-oktyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.