Chili mehnat kodeksiga koʻra, tomonlar oʻrtasida kelishuvga erishilmasa, norozilik yurishlari 5-10 kundan soʻng boshlanishi kerak. Oʻtgan ikki oy davomida tomonlar mehnat shartnomasining yakuniy loyihasi xususida maxfiy uchrashuvlar oʻtkazgan. Biroq muzokaralarda natijaga erishilmagan.
Mutaxassislarga koʻra, jahon mis bozorining 5 foizini band etgan Eskondida konida ish toʻxtab qolishi global mahsulot yetkazib berishda jiddiy uzilishlarga sabab boʻlishi mumkin va buning oqibatida jahon mis bozori jiddiy zarar koʻradi.
Mazkur kon ishchilari oʻz tarixida eng yirik ish tashlashni 2017-yilda oʻtkazgan boʻlib, u 44 kun davom etgan. Chili – dunyodagi yirik mis ishlab chiqaruvchi boʻlib, uning dunyo bozoridagi ulushi 28 foizni tashkil etadi.









