Loyihani suratga olish ishlari O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko'magida tashkil etildi. Ko'rsatuv prodyuserlari O'zbekistonning xorijiy auditoriya tomoshabinlarga tanish bo'lmagan tog'li hududlarini namoyish etishga alohida e'tibor qaratishdi. Teleko'rsatuv mavzusiga ko'ra, gollandiyalik ikki mashhur tele- va kino aktrisalar esmi van Kampen va Xanna van Vliet O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishadi. Qiyinchiliklar va mashaqqatli yo'llarni bosib o'tgan dastur qahramonlari mahalliy aholi madaniyati va hayoti, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
«Ko'p yillik tajribamizga ko'ra, O'zbekistonda suratga olish jarayoni, boshqa mamlakatlarga nisbatan yanada uyushqoq, lo'nda va tartibli tarzda o'tdi. Ish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmadik va hamkorlikda amalga oshirilgan loyihamizdan mamnunmiz. Boshqa suratga olish guruhlarini ham biz kabi O'zbekistonga tashrif buyurishini tavsiya qilaman», - dedi ko'rsatuv prodyuseri Manon van Vugt.
Ko'rgazma ishtirokchilari viloyat markazi Zomin va Zomin milliy tabiat bog'ida bo'lishdi. Beshkub va Dugoba qishloqlarida ular milliy taom «tandir-go'sht» va Zominning o'ziga xos noni bilan tatib ko'rishdi. Ko'rsatuv qahramonlari «Zomin» sanatoriyasida tunab, ushbu majmuaning o'ziga xos tarixi bilan tanishishdi.
Zomin-Baxmal yo'li bo'ylab harakatlangan «Warner Brothers» kompaniyasi avval yopilgan marshrutni ob'ektiv orqali namoyish etgan birinchi yirik jahon telekompaniyasiga aylandi. Shou ishtirokchilari «Aydarkul» ko'l bo'yidagi yurta oromgohida bo'lib, xalq musiqasi bilan yaqindan tanishishdi hamda «ko'pkari» o'yini ishtirokchisiga aylanishdi.
Ertasi kuni esmi van Kampen va Xanna van Vliet Nurota tog'lari orqali o'tadigan murakkab yo'lni, ko'rish imkoni past sharoitda va qoplamasiz tog' izidan o'tishdi. Dastur Samarqand shahridagi Registon maydonida «Rahmdillik» nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishish bilan yakunlandi.
Ko'rsatuv Niderlandiya auditoriyasi uchun mo'ljallangan hamda 2022 yilda efirga uzatiladi.