Dunyoda ochlikdan oʻlish holati olti martaga koʻpaydi. Oʻtgan yil mobaynida har daqiqada ochlikdan 11 kishi vafot etgan boʻlsa, COVID-19 dan 7 kishi jon bergan.

Ayni vaqtda dunyoda toʻyib ovqat yemaslikdan 155 million odam aziyat chekmoqda. Bu raqam 2020-yildagi koʻrsatkichdan 20 million nafarga ortiqdir.

Oziq-ovqat yetishmasligi va ochlikning asosiy sababi sifatida urushlar, pandemiya tufayli moliyaviy holatning yomonlashgani, global iqlim isishi kabi omillar koʻrsatilmoqda.

Ocharchilik eng koʻp qayd etilgan mamlakatlar sifatida Hindiston, Janubiy Afrika va Braziliya qayd etilgan, deyiladi BMT rasmiy saytida.