Dunyoni gumanitar halokat kutmoqda

    BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli rivojlangan mamlakatlarni yordamga undadi

    “Kelgusi yilda dunyoni gumanitar halokat qutmoqda, – dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli Bosh assamleyadagi yig'ilishda. – Bu BMT tashkil topgandan buyon o'tgan 75 yilda yuz bergan eng yirik fojia bo'ladi. O'nlab mamlakatlar aholisini ocharchilik kutib turibdi. Biz ularning hammasiga yordam bera olmaymiz. SHuning uchun boy davlatlar ko'maklashishi kerak”.

    Uning so'zlariga qaraganda, so'nggi yillardagi qurolli mojarolar tufayli ochlikda kun kechirayotgan odamlar soni 80 million nafardan 135 million nafarga etgan bo'lsa, pandemiya tufayli och-nahor yashayotganlar allaqachon yana bir necha million nafarga oshgan. BMT tezlik bilan yordam berish choralarini ko'rmasa, ochlik 30 ta mamlakat hududini qamrab oladi va kuniga 300 ming nafargacha odam halok bo'lishi mumkin.

    Ayni paytda Afrikada 100 million, YAqin SHarq va Osiyoda 43 million, Lotin Amerikasida 18,5 million odam och-nahor kun kechiryapti.