Oʻtgan yilning 30-iyulida Kanaveral burnidan fazoga koʻtarilgan raketa roveni Qizil sayyorga olib bordi. Bu NASAning Qizil sayyoraga yuborilgan beshinchi roveri hisoblanadi. U dunyodagi eng katta rover boʻlib, ogʻirligi 1025 kg, uzunligi 3 metr va eni 2,7 metrga teng. Dastur qiymati 3 milliard dollar ekani maʼlum qilingan.

“Roskosmos” mazkur missiyani pulni bekorga havoga sovurish deb atadi. “Perseverance” esa ayni paytda Qizil sayyorada hayot nishonalarini izlashni boshlab, Yerga noyob surat va videolavhalarni yuborishda davom etmoqda. Kuni kecha NASAga yuborilgan Qizil sayyoraning oʻziga xos ovozi boʻlgan videolahva barchani hayratga soldi.

AQSH tomonining maʼlum qilishicha, 2030-yilda yerliklarning Qizil sayyoradagi ilk manzillari paydo boʻladi. Sayyoradagi birinchi million nufuzga ega boʻlgan shahar esa 2100-yilda qad rostlaydi. 2026-2028-yillarda Marsga qurilish ishlari uchun bortida zarur yuklar va robotlar boʻlgan “Starship” kemasi uchiriladi.