Hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, byulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan.
Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da AQSHning Vashington va Nyu-Yorkdagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi. Boshqa xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.