Dunyoning eng boy odami nomi ma'lum qilindi

    Tadbirkor Ilon Mask dunyoning eng badavlat odamlari ro'yxatida yetakchilik mavqeini boy berdi.

    Tahlilchilar yozganidek, reytinglarning bunday tez o'zgarishi bugungi bozorning naqadar oldindan aytib bo'lmaydigan va o'zgaruvchanligini ko'rsatadi.

    LVMH (Louis Vuitton Moët Hennessy) rahbari Bernard Arno dunyodagi eng boy odamga aylandi. Forbes Real-Time Billionaires List milliarderlar ro'yxatiga ko'ra, fransuz biznesmenining boyligi 207,6 milliard dollarga baholangan. Ilon Maskga kelsak, bugungi kunda u 204,7 milliard dollarga ega.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan haftada atigi bir kun ichida Arno kapitaliga 22,7 milliard dollar qo'shilgan. Aynan shu o'sish unga Maskdan oldinga o'tishga imkon bergan bo'lsa kerak.

    Bundan tashqari, so'nggi 2 yil ichida LVMH bozorda muvaffaqiyatli va barqaror mavqega ega bo'ldi. Tanlangan chakana sektor LVMHga sezilarli daromad keltiradi. Kompaniya Sephora do'konlar tarmog'i va DFSning eksklyuziv mahsulotlarining xalqaro galereyalaridan ham katta daromad topadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.