Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingining yangilangan versiyasini eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Norvegiya milliy jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubining 22 yoshli hujumchisi Erling Holand eng qimmat futbolchi deb topildi. Uning transfer narxi 20 million yevroga qimmatlashib, 170 million yevroga baholangan.
Shu paytga qadar roʻyxatning birinchi oʻrnini band etib turgan Fransiya milliy jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (160 million yevro) ikkinchi oʻringa tushdi. Uchinchi oʻrinni egallagan Braziliya milliy jamoasi va “Real” yarim himoyachisi Vinisius 120 million yevroga narxlangan.
Kuchli beshlikdan Angliya milliy jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Fil Foden (110 million yevro), Ispaniya milliy jamoasi va “Barselona” yarim himoyachisi Pedri (90 million yevro) joy olgan.
Holand davom etayotgan mavsumida “Manchester Siti” tarkibida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan, 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.