Ushbu lavhalarga nisbatan nomaʼlum erkakning mazkur targʻibot tadbirida ishtirok etgan ayollarni obroʻsizlantiruvchi haqoratli soʻzlari aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan boʻlib, keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Shu sababli, mazkur holat yuzasidan “Atlas Party” tadbirining bir qator ishtirokchilari ichki ishlar idoralariga ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun ariza bilan murojaat qilishdi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv tadbirlar natijasida mazkur shaxs 1988-yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan fuqaro M.D. ekanligi aniqlandi.
2024-yilning 23-aprel kuni fuqaro M.D. Shayxontohur tumani IIO FMBga taklif etildi hamda u oʻzining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targʻibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli soʻzlar ishlatganligi taʼkidlab oʻtdi.
Ushbu huquqbuzarlik holati tegishli tartibda Shayxontohur tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) asosida M.D. ga nisbatan 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.