Dushanbe shahri elektr ta'minotidan uzilib qoldi

    Dushanbedagi elektr tarmog'ida yuklamaning ortishi va podstantsiyada nosozlik yuzaga kelgani oqibatida shahar elektr ta'minotidan uzilib qoldi.

    Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Hozirda Tojikiston poytaxt elektr ta'minoti, isitish quvvati, internetdan uzilib qolgan, uyali aloqa tizimida uzilishlar yuzaga kelmoqda.

    “Avariya tarmoqda yuklamaning haddan tashqari ortishi tufayli ro'y berdi, chunki sovuq ob-havoda aholining elektr energiyasi iste'moli oshdi”, deyiladi xabarda.

    Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, hozirda podstantsiyada ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin vaqt ichida poytaxt aholisi va sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan ta'minlash qayta tiklanadi, deb xabar beradi ria.ru.