Muzokaralar davomida ushbu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Koʻp tomonlama tuzilmalar, shu jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi oʻzaro aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvlarda Toshkent konferensiyasi oʻz vaqtida oʻtkazilayotgan va muhim xalqaro forum ekanligi, u nafaqat Janubiy va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy oʻzaro aloqalarni faollashtirishga yordam berishi, balki mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga ham samarali hissa qoʻshishi taʼkidlandi.