Dushanbe-Xo'jand avtomobil yo'lida 16 bor qor ko'chkisi sodir bo'ldi

    Tojikistonning Dushanbe-Xo'jand yo'lida bir kun ichida 16 marta qor ko'chkisi yuz berdi.

    Hodisa kuchli qor bo'ronlari tufayli yuz berdi. Poytaxtni respublika shimoli bilan bog'lovchi baland tog'li magistralda qor massalari transport qatnovini to'sib qo'ydi. Yo'l transport harakati uchun vaqtincha yopilgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan haydovchilar va yo'lovchilarni evakuatsiya qilishgan, qurbonlar yo'q. Ayni paytda uchastkada maxsus texnika ishlamoqda.

    Tog'li hududlarda qor ko'chkisi xavfi yana kamida ikki kun davom etadi. Favqulodda vaziyatlar qo'mitasi haydovchilarni iloji bo'lsa, Dushanbe-Xo'jand, Dushanbe-Laxsh va Dushanbe-Xorug' avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlanishdan saqlanishga chaqiradi, deb xabar beradi mir24.tv.