Seminar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar jamoatchilikning davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi xabardorligini oshirishga doir bir qator mavzular — marketingning 7 muhim komponenti, xizmat sifati menejmenti, negativ bilan qanday ishlash kerak, jamoatchilik bilan aloqalar(PR)dagi yangi usullar, xalqaro platformalar uchun bloglarni yozish tartibi kabi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha koʻnikma oshiryapti.

Loyihaning asosiy maqsadi Davlat xizmatlari koʻlamini kengaytirish, tizimlarni umumlashtirish, tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, boshqaruvning strategik vositalarini mustahkamlash va ushbu oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur mexanizmlarni kuchaytirish orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishni kengaytirish.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash kerakki, mahalliy va xorijiy trenerlar, ekspertlar 3 kun davomida oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashadi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.










