Markaz 2 yil davomida mustahkam qilib qurildi. Tanlangan manzil ham odamlar gavjum boʻlgan hududda joylashgan. Mahalliy investor Xurshidjon Pardayev tomonidan 1100 kvadrat metr maydonda qurilgan bino 5 qavatdan iborat. Turar uy-joyning birinchi qavatida bunyod etilgan markaz aholi va tadbirkorlar, tizim xodimlari uchun ham qulaylik yaratishi shubhasiz.

Joriy yilning oʻzida Karmana tumani Davlat xizmatlari markazi orqali fuqarolarga 27 mingga yaqin davlat xizmati koʻrsatilgan. Shundan jami 418 ta yuridik korxona, 429 nafar yakka tartibdagi tadbirkor, 116 ta oilaviy korxona, 341 ta xususiy korxonalar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Bu koʻrsatkichlarni keltirishdan maqsad, olingan maʼlumotlarga koʻra xizmatning 70 fozi markazning oʻziga kelib olingan. Albatta bunday ish koʻlami jarayonida xodimlar, xizmat oluvchilar uchun markazning avvalgi binosi torlik qilgan. Endi bunday noqulayliklar ortda qoldi.

Tantanada tuman ahli, jamoatchilik, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi. Karmanalik nuroniy Abdurasul Sharipov asli quruvchi boʻlgani va bunday goʻzal imoratni hali Karmanada koʻrmagani xususida sevinch bilan gapirdi. -Ayniqsa, markaz avvalgiday ikkinchi emas, birinchi qavatda joylashgani yoshi ulugʻlar va nogironlar, kasalmandlar uchun yaxshi boʻlibdi. Qoyil! Toʻloviniyam shu yerda qilasiz, nevara bilan kelsam bolamniyam maydonchaga oʻynatib ketaman, deydi otaxon.

Markaz moʻjazgina va ixcham qurilgan. Unda 8 ta davlat xizmati koʻrsatish uchun qabul oynasi, elektron navbat, kutish manzili, 3 ta monitor, toʻlov amalga oshirish uchun kassa, bolalar maydonchasi, kitob jovoni, majlislar xonasi did bilan zamonaviy tarzda bezatilgan. Adliya xizmati koʻrsatish uchun alohida hudud, bosh vazir qabulxonasi va arxiv maʼlumotlari saqlash xonalari mavjud. Markazdagi har bir interyer uslubi betakror. Bu bino aholi murojaatlarining bir manzilda yechim topishiga qulay manzil. Tizim doim xalq roziligi uchun faoliyat olib boradi.

DXA Navoiy viloyati boshqarmasi