Noqonuniy muomaladan 917 kg giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, moddalari musodara qilindi.

Shuningdek, 373 ming 550 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi.

Shu oʻrinda, respublikamizda sintetik narkotik moddalarni musodara qilish holatlari koʻpayayotganligini taʼkidlash lozim.

Xususan, 2022-yilda 32 kg.dan ortiq sintetik giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmadan olingan boʻlib, ular asosan mefedron, amfetamin, “Alfa-PVP” va MDMA kabi narkotiklar hisoblanadi.

Xalqaro hamkorlik doirasida 2022-yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati, Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi, Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi bilan birgalikda 9 ta faol tadbir va maxsus operatsiyalar oʻtkazilib, 11 nafar narkojinoyatchi ushlandi hamda 166,4 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi.