Shu va shu kabi boshqa salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati idoralari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi murosasiz kurash olib boradi.

Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʻona shahrida yashovchi, 1988-y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, uning salon qismida 4 kg. 459 gr. “opiy” va 2 kg. 975 gr. “gashish” giyohvand moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida, u avvalroq 1993-y.t. jinoiy sherigiga 7 kg. 969 gr. “gashish” moddasi berganligi aniqlanib, ushbu narkotiklar ham tegishli tartibda olib qoʻyildi.

Yana bir oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida esa 1973-y.t. ikki nafar fuqaroning Fargʻona shahridagi yashash manzilida 1 kg. 110 gr. “gashish” hamda 991 gr. “opiy” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, tadbir davomida ulardan narkotik sotib olish uchun Margʻilon va Qoʻqon shaharlaridan kelgan ikki xaridor ham qoʻlga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” xalqaro nazorat oʻtkazish punktida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon tumanida istiqomat qiluvchi, 1988-y.t., muqaddam sudlangan fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinada 6 kg. 109 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda olib qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Surxondaryo - Fargʻona” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan, Uchkoʻprik tumanida yashovchi, 1974-y.t. fuqaro boshqaruvidagi avtotransport vositasi “Umakay” YPX maskanida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, avtomashinada xoʻjalik mollarini oʻlchashga moʻljallangan taroziga xufiyona joylashtirilgan 1 kg. 47 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi. Shuningdek, unga ushbu giyohvandlik moddasini berib, ortidan kuzatib kelayotgan jinoiy sherigi, Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1973-y.t., muqaddam “geroin” moddasi savdosi bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro ham hibsga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi xodimlarining Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirida Ellikqalʼa tumanida yashovchi, 1988-y.t. muqaddam sudlangan fuqaroda 2990 dona “Tramadol” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 5 kg. 450 gr. “opiy”, 19 kg. 210 gr. “gashish” hamda 2990 dona “Tramadol” giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Taʼkidlash lozimki, barcha holatlardagi giyohvandlik vositalari kelgusida sotish maqsadida qoʻshni davlatlardan kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan.

Hozirda mazkur holatlar boʻyicha Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.