Asaka tumani hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari topshirigʻiga asosan, unga tegishli chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonining 50 sotix qismini sotish hamda tuman kadastr boʻlimi orqali ushbu yer maydonining toifasini noturar joyga oʻzgartirib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 40 ming AQSH dollari talab qiladi.Shuningdek, tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oldindan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Tezkor tadbirda ushbu pul mablagʻidan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Kadastr agentligining Asaka tuman boʻlimi boshligʻi ham ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Hozirda Asaka tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va Kadastr agentligining Asaka tuman boʻlimi boshligʻiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
DXX Asaka tuman hokimining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi va Kadastr agentligining boʻlim boshligʻini qoʻlga olindi
Yer maydonining toifasini noturar joyga oʻzgartirib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga xaridordan 40 ming AQSH dollari talab qiladi.
Oʻqishini koʻchirish uchun 35 mingdan ortiq talabgor test topshirdi
- Muz erishini sekinlashtirish uchun olimlar Barqiroq muzligida 100 kvadrat metr maydonni maxsus qoplama bilan yopdi
- Kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar koʻrib chiqildi
- Xotin-qizlar bilan ishlashda «tadbirbozlik»dan tizimli yondashuvga o‘tish masalasi muhokama qilindi
- Hindiston kimyoterapiya o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan saratonga qarshi dori ishlab chiqdi
- Javohir Sindarov “Sinquefield Cup 2026”da kuchli uchlikdan joy oldi
Samarqandda tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan «Mercedes-Benz» haydovchisi jarimaga tortildi
- Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi
- Joriy yilgi minimal o‘tish ballari ma’lum bo‘ldi
- 2026/2027-o‘quv yili uchun mandat natijalari e’lon qilindi
- “Afrosiyob” poyezdida unutib qoldirilgan barsetka egasiga qaytarildi
- "Yangiobod" qulayroq, xavfsizroq va shinamroq bozorga aylantiriladi