DXX joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan shugʻullangan shaxslarni ushladi

    Tashvishli xabar 19 Mart 2021 1365

    “Sirdaryo” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududiga tosh-shagʻal toʻkib, qishloq hoʻjaligi ekin maydonlariga zarar yetkazganligi uchun 232 mln soʻm jarima dalolatnomasi rasmiylashtirish bilan qoʻrqitadi va jarima solmaslik evaziga undan 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

    Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari mahalliy MCHJ rahbarini tosh maydalash sexi faoliyatini amalga oshirishda “Sirdaryo” suv isteʼmolchilari uyushmasi hududiga tosh-shagʻal toʻkib, qishloq hoʻjaligi ekin maydonlariga zarar yetkazganligi uchun 232 mln soʻm jarima dalolatnomasi rasmiylashtirish bilan qoʻrqitadi va jarima solmaslik evaziga undan 5 ming AQSH dollari talab qiladi.

    DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur mansabdor shaxs soʻralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Boshqa holatda esa Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi mansabdor shaxs mahalliy MCHJlardan biri tomonidan 2020-yil uchun 230 mln soʻm ortiqcha toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu jamiyat hisob raqamiga qaytarib berish evaziga, uning hisobchisidan 1000 AQSH dollari va 900 ming soʻm olgan vaqtida ushlandi.

    Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi suv isteʼmolchilari uyushmalaridan birining raisi mahalliy fuqaroning ishonchiga kirish orqali, unga uyushma hududidan gʻallachilikka ixtisoslashgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi yer maydonlarini bir mavsum mobaynida dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun berish evaziga 50 mln soʻm talab qiladi.

    DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs soʻralgan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaro aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, unga mazkur tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 10,8 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, evaziga 23.500 AQSH dollari soʻraydi.

    DXX va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgar shaxs soʻralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.

    Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi shaxs muqaddam oʻzi rahbarlik qilgan fermer xoʻjaligining hozirda tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonining 50 sotixini tanishlari orqali issiqxona qurish va sholichilik bilan shugʻullanish uchun ajratib berish evaziga mahalliy fuqarodan 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming dollarini olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

    Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    DXX matbuot xizmati