DXX: Korrupsiya va firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi

    Toshkent shahrida “Oʻzbekiston shaharsozlik boʻyicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura Departamenti hamkorligida hududlarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda:

    Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Andijon shahrida farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJning moliyaviy holati boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida, MCHJga qarashli dorixonalar tomonidan dori vositalarini belgilangan referent narxlardan qimmat narxlarda sotish orqali isteʼmolchilardan 2,1 mlrd. soʻm ortiqcha pul olinganligi holati aniqlangani yuzasidan tuzilgan dalolatnomani bekor qilib berish evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

    U 22,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi. Tergovga qadar tekshiruvda maʼlum boʻlishicha, u muqaddam 7,5 ming AQSH dollarimi ham olgan boʻlgan. Hozirda uga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

    Toshkent shahrida “Oʻzbekiston shaharsozlik boʻyicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining arxitektori andijonlik tadbirkordan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Aniqlanishicha, arxitektor “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning Andijon viloyati filiali direktori lavozimida ishlovchi oʻzining otasi bilan til biriktirib, tadbirkorga Andijon shahridagi 2 ta manzilda koʻp qavatli turar-joy binolarini qurishiga oid qurilish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilishgan.

    Hozirda arxitektor va uning otasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori oʻzining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, Qarshi tumanidagi maktab direktorining oʻrinbosarini Yakkabogʻ tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 30 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.