Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu kuchli taʼsir qiluvchi modda 2000 va 2002-yillarda tugʻilgan 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli ekanligi aniqlanib, ular harakatlanayotgan, 1994-y.t. shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida boʻlgan 1500 dona “Pregabalin” va 90 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, Toshkent shahrining M.Ulugʻbek tumanida ular ijaraga olgan xonadon koʻzdan kechirilganda, ushbu manzilda yashirin laboratoriya tashkil etilganligi va jinoiy guruh aʼzolari boʻlgan – 2003 va 2005-yillarda tugʻilgan 2 nafar qiz kimyoviy moddalarni aralashtirgan holda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tayyorlash va boʻsh kapsulalarga qadoqlash bilan shugʻullanishlari maʼlum boʻldi.
Mazkur xonadondan sotishga tayyorlab qoʻyilgan 376 dona “Pregabalin” kapsulasi, 101 dona flakonda “Tropikamid”, 14 kg 150 gr. kuchli taʼsir qiluvchi moddalari kukuni, 9 ta polietilen qopda boʻsh kapsula va flakonlar, 20 litr xlorid kislotasi, elektron torozi, kolba, mikser va shprislar protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda jinoiy guruhning 6 nafar aʼzosiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246 va 251/1 moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.