Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, mazkur yer maydoni 2018 yil Qibray tumani hokimining tegishli qarori bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun Toshkent shahrida yashovchi, 1963 y.t. fuqaroga ajratib berilgan bo‘lib, lekin, bugunga qadar ushbu manzilda hech qanday amaliy ish qilinmagan.
Hozirda mazkur yer egasini tergov harakatlariga jalb etish choralari ko‘rilmoqda.
Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi, muqaddam hokimiyat tizimida ishlagan ikki nafar fuqaro qurilish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarining ishonchiga kirib, unga mazkur tuman hududida qo‘p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 19 sotix yer maydonini hokimiyatdagi mansabdor tanishlari orqali olib berishni aytib, evaziga 38 ming AQSH dollari talab qiladi.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/m4S2fh4yDkA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
DXX Buxoro viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgar shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ushlandi.
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimligining qurilish majmuasi sobiq xodimi, Termiz shahrida yashovchi ayol Bandixon tumanida joylashgan o‘zining nomidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat balansida bo‘lgan 2 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu yer maydoni 2020 yil viloyat hokimligi huzuridagi yer uchastkalari berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning yig‘ilish bayoni asosida issiqxona qurish maqsadida bepul ajratilgan, biroq, hozirga qadar hech qanday amaliy ish qilinmagan.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi shaxs 148 ming AQSH dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali Yangihayot tumani hududidan 14 sotix yer maydonini tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib, olib berishni va’da qiladi.
DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 20 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u mazkur pul mablag‘ini Yangihayot tumani hokimligining mas’ul xodimiga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxs ham 20 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Boyovut tuman bo‘limida mirob bo‘lib ishlovchi shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ining nomiga savzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun ajratilgan 5 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro nomiga hokimiyat idoralarida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari so‘raydi.
DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida mazkur shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati