Natijada ular tomonidan yashirib qoʻyilgan jami 9 kg 14 gr marixuana, 1 tup kannabis, 1 dona pnevmatik qurol, ov quroliga tegishli 21 dona patron, 19 dona gilza, 1 dona rezina tayoqchasi (dubinka), 2 dona sovuq qurol ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu fuqarolar muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan boʻlsalarda, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarishmagan.

Eng achinarlisi, ular 2003-y.t. 2 nafar farzandini ham oʻzlarining qabih ishlariga jalb qilishgan.

Shuningdek, ularning sherigi hisoblangan, 1970-y.t. shaxsning yashash manzili ham koʻzdan kechirilganda xonadon omborxonasi va oshxonasida jami 7 dona qogʻoz boʻlagiga solingan quruq holatdagi kannabis va chekish uchun moʻljallangan moslama borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

***

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan giyohvandlik vositasining aylanmasiga chek qoʻyildi.

Jumladan, Yunusobod tumanida yashovchi, 1983-y.t. shaxs boshqaruvida boʻlgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, avtomashinaning salon qismida sof ogʻirligi 967 gr boʻlgan “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan, 1985-y.t. fuqarodan ham 1 kg 992 gr “gashish” moddasi olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

***

Fargʻona tumanidagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada, unda 1956-y.t. shaxsga tegishli 6880 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Kelgusida Toshkent shahrida sotilishi rejalashtirilgan ushbu dori vositalari Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan boʻlib, umumiy qiymati 412 mln soʻmni tashkil etadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.