Jumladan, Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududida “Matiz” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar xorijiy fuqaroga tegishli 23 kg. 52 gr. “opiy” va 30 kg. 122 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Maʼlum boʻlishicha, ushbu giyohvand moddalar afgʻonistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan mamlakatimizga oʻtkazilgan.

Boshqa bir holatda esa muqaddam xorijda ogʻir jinoyat sodir etgani uchun qamoq jazosini oʻtagan, Denov tumanida yashovchi, 1966-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina Termiz shahrida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi. Natijada, unda ham afgʻonistonlik narkosavdogarlar tomonidan yuborilgan 39 kg. 520 gr. “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi.

Uchinchi holatda esa Denov shahrida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, 1967-y.t. shaxs oʻzining yashash xonadonida 2 kg. 396 gr. “opiy” moddasini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlandi hamda oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 25 kg. 448 gr. “opiy” va 69 kg. 642 gr. “gashish” giyohvandlik vositalari musodara qilindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.