Soʻngra ularning oʻqishlarini poytaxtimizdagi OTMlardan birining 2-bosqichiga koʻchirib berish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, xorijiy davlatlardagi OTMlarga oʻqishga kirishga koʻmaklashish bilan shugʻullanuvchi, Toshkent shahridagi MCHJ rahbari Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularning Qozogʻiston Respublikasidagi oliygohlardan birining 1-bosqichini tamomlaganliklari haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln. soʻmdan pul mablagʻi talab qiladi.

Natijada, u MCHJ hisob raqamiga umumiy 9 mln. soʻm, Qozogʻiston fuqarosi nomiga 1900 AQSH dollari oʻtkazilgani toʻgʻrisida 4 dona kvitansiyalarni qabul qilib olgan vaqtida, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va IJQK departamentining shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

Shuningdek, DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtimizdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi.

Maʼlum boʻlishicha, u Qozogʻiston Respublikasidagi oliygohlardan birining 2-bosqichini tamomlaganligi haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitetning 2-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyishini vaʼda qilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.