Soʻngra ushbu zargar buyurtmasiga koʻra, Olmaliq shahridan ogʻirligi 613 gr. boʻlgan bir boʻlak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashina Chust tumanida toʻxtatilib, ashyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro bilan uchrashib, undan ogʻirligi 250 gr. boʻlgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 mlrd. 124 mln. soʻmlik, jami 1 kg 535 gr. oltin quymalari hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.