Unda dzyudo boʻyicha dunyoning eng kuchli 15 ta milliy terma jamoasi gʻoliblik uchun kurashadi. Musobaqalar aralash jamoaviy tarzda tashkil etiladi. Oʻgʻil bolalar -73, -90, +90 kilogrammda, qizlar -57, -70 va +70 kilo ogʻirlikda bellashadi.
67 mamlakatdan 531 nafar dzyudochi qatnashgan chempionat yakkalik bellashuvlarining oxirgi kunida oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi -100 kilogramm vaznda Muhammadsodiq Sodiqov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Mahoratli dzyudochimiz gʻoliblik yoʻlida germaniyalik Yannis Bashin, tojikistonlik Muhsin Malayev, ruminiyalik Rares Arseni, ozarbayjonlik Ajdar Bagirovni magʻlubiyatga uchratdi. Jahon chempionligi uchun kurashda esa yaponiyalik Nozomu Mikini dogʻda qoldirdi va Dushanbe sport maydonida Oʻzbekiston bayrogʻi yuksalib, madhimiz baralla yangrashini taʼminladi.
Oʻzbekiston terma jamoasi uch kunlik bellashuvlar yakuniga koʻra, 1 ta oltin, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-oʻrindan joy oldi.