Dzyudochilarimiz jahon chempionatida ilk bor toʻrtta medal qoʻlga kiritdi

    7-14-may kunlari Qatar poytaxti dzyudo boʻyicha navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

    Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza, jami 4 ta medal qoʻlga kiritdi.

    Qayd etish joiz, terma jamoamiz shu paytgacha hech bir jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor boʻlmagan edi. Kecha tunda musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilarimiz Toshkentga qaytib keldi.

    Terma jamoa Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Marosimda Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etdi. Dzyudochilarimiz qoʻlga kiritgan ushbu natija bilan qutlandi.