Musobaqada kamida chorak finalgacha yetib borgan vakillarimiz reytingda oʻz pogʻonalarini ancha yaxshilab olishgan boʻlsa, qolganlar aksincha, pastlagan. Jumladan, -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfullayev bir pogʻona yuqorilab, endilikda 3-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, -66 kg vazn toifasidagi polvonimiz Sardor Nurillayev ham 5 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

-60 kg:

1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 6350 ochko

3(4). Sharofiddin Lutfillayev (Oʻzbekiston) – 5027 (yoʻllanma zonasida)

23(22). Diyorbek Oʻrozboyev – 1948 ochko (yoʻllanma zonasida)

41(40). Kemran Nurillayev – 1077 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-66 kg:

1. Manuel Lombardo (Italiya) – 5392 ochko

18(23). Sardor Nurullayev – 2430 ochko (yoʻllanma zonasida)

31(29). Shahram Ahadov – 1561 ochko (yoʻllanma zonasida)

-73 kg:

1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 6379 ochko

8(9). Hikmatilloh Toʻrayev – 3604 ochko (yoʻllanma zonasida)

-81 kg:

1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6334 ochko

14(14). Sharofiddin Boltaboyev – 2993 (yoʻllanma zonasida)

20(20). Kamoliddin Rasulov – 2252 (yoʻllanma zonasida)

-90 kg:

1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 8111 ochko

18(17). Davlat Bobonov – 2689 ochko (yoʻllanma zonasida)

-100 kg:

1. Guxam Cho (J.Koreya) – 5220 ochko

15(15). Muhammadkarim Xurramov – 2969 (yoʻllanma zonasida)

+100 kg:

1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 6171 ochko

13(13). Bekmurod Oltiboyev – 3062 ochko (yoʻllanma zonasida)

31(31). Alisher Yusupov – 1428 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

Ayollar:

-52 kg:

1. Amandin Bushar (Fransiya) – 7155 ochko

24(22). Diyora Keldiyorova – 2203 ochko (yoʻllanma zonasida)

-70 kg:

1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 5870 ochko

27(26). Gulnoza Matniyazova – 2072 ochko (qitʼaviy kvota)

Eslatma!

– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib oʻtilgan, jahon reytingi emas.

– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz koʻrsatilgan.

– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yoʻllanma zonasida boʻlsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tanlaydi.

– Olimpiada reytingini yigʻish 2021-yilning 28-iyun sanasida yakunlanad