Oʻsha paytda tizim oldiga faqatgina 1 turdagi auksion savdolarini oʻtkazish vazifasi qoʻyilgan. Bugungi kunga kelib ochiq va shaffof tizim boʻlganligi uchun platforma orqali 16 turdagi mulklar savdosi oʻtkazilmoqda.
Shu oʻrinda raqamlarga toʻxtaladigan boʻlsak, tashkil etilganining dastlabki yilida 500 dan ortiq savdolar boʻlib oʻtgan. Xalqimiz ishonchi sabab 2020-yilga kelib ushbu son bir yilda 24 mingni tashkil etdi. 2021-yilning 5 oyi davomida esa 12 mingdan ortiq auksionlar oʻtkazildi.
Yildan yilga platforma orqali auksion savdolarida ishtirok etishning takomillashib borishi, mulk turlarining koʻpayishi natijasida roʻyxatdan oʻtganlar soni ham bir necha baravarga oshdi. Misol uchun, 2017-yilda roʻyxatdan oʻtganlar soni 5,6 ming nafarni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunga kelib roʻyxatdan oʻtganlar soni 23 baravarga oshib, 129 ming nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu raqamlar elektron hukumat tizimining bir qismi boʻlgan platforma faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini koʻrsatadi. Tizim orqali barcha turdagi xizmatlarning elektron shaklga oʻtkazilgani aholi, ayniqsa tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirda roʻyxatdan oʻtishdan tortib, bayonnoma olishgacha boʻlgan barcha jarayonlar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 24-iyulida “Onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-5197-son) qabul qilindi. Unga koʻra:
- auksionda ishtirok etuvchilar soni va auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
- ishtirok etuvchilar soni va auksion jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
- auksionda qatnashish uchun ERI kaliti Markaz tomonidan onlayn tarzda, bepul berilishi belgilandi;
- oʻz mulkini onlayn auksion orqali sotish istagida boʻlgan buyurtmachilarning mulklarini savdoga chiqarish uchun yigʻim (BHMning 2 baravari miqdoridagi) bekor qilindi.
Bundan tashqari, gʻolib toʻlagan pul mablagʻlari obyekt qabul qilinganligini tasdiqlaganidan soʻng buyurtmachi hisob-raqamiga oʻtkazilishi tartibi joriy etilishi qayd etildi.
Onlayn auksionlarda ishtirok etib davlat aktivlari, yer uchastkalarini sotib oling!
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi”
PR-xizmati