Mazkur tizim joriy etilgunga qadar yuridik shaxslarning mulk huquqi yoki ijara shartnomalari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyi to'g'risida ma'lumotlar mavjud bo'lmagani tufayli tovarlarning nazoratsiz harakatlanishi va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi sub'yektlarga ayni muddao bo'lgan. Natijada soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish qiyinlashgan.
Hozir xizmatlar sodda va foydalanish uchun qulay. Tizimga ERI kaliti yordamida kirish mumkin. Kadastr raqami ko'rsatilgach, ko'chmas mulk ob'ekti haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda yuklanadi.
Dastur ishga tushgandan buyon Toshkent viloyati davlat soliq organlarida 44 ming 99 ta ijara shartnomasi ro'yxatga olingan. Shundan:
Yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari - 23 ming 394 ta;
Yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari – 3 ming 963 ta;
Jismoniy shaxslar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari – 9 ming 13 ta;
Jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida tuzilgan shartnomalari – 7 ming 729 ta;
Talabalar o'rtasida tuzilgan ijara shartnomalari – 151 ta.
Ayni paytda qolgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan E-ijara dasturi orqali shartnoma tuzish maqsadida Toshkent viloyati davlat soliq organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda targ'ibot ishlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi
Axborot xizmati