Tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishni maqsad qilgan, biroq ham bino sotib olishga, ham biznesga investitsiya kiritishga imkoniyati bo'lmagan yurtdoshlarimiz uchun Davlat aktivlarini boshqari agentligi huzuridagi e-auksion.uz yagona elektron savdo maydonchasi orqali davlat mulki ob'ektlarini sotib olish ayni muddao. Uyingizda turib elektron onlayn auktsionlarda qatnashish yanada qulay, 90 dan ortiq boshlang'ich narxi 1 so'm bo'lgan davlat mulki ob'ektlari taklif etilmoqda.
Ushbu bo'sh turgan bino-inshootlarni xarid qilish orqali biznes uchun katta imkoniyatga ega bo'lish mumkin. Tadbirkor bino qurish uchun pul mablag'larini sarflamaydi, qisman ta'mirlash orqali yaxshigina binoga ega bo'ladi.
Boshlang'ich narxi 1 so'm bo'lgan binolarni sotib olgan auktsion ishtirokchisi ma'lum miqdordagi investitsiyani kiritishi hamda ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilishi talab etiladi. Ob'ektlarni sotib olish orqali faqatgina biznes faoliyati uchungina mablag' sarflanadi. Bu esa investitsiya majburiyatlarining o'z vaqtida bajarilishiga olib boradi.