Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati hokimiga tegishlidir.
Yangi onlayn dasturning ustunlik tomonlari, chiqarilayotgan qarorlar toʻgʻridan toʻgʻri “E-qaror” tizimi orqali keng jamoatchilik bemalol kuzatib borishi mumkin.
“E-qaror” elektron tizimini respublikamizning barcha mahalliy davlat hokimiyati organlarida joriy etilishi ularning faoliyati va ish yurituvi shaffoflashishiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol boʻlishini oldlini olishga, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlarni keltirib chiqaruvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan normalarni oʻrnatilishini oldini olishga xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, noqonuniy hujjatlar qabul qilinishini oldini olish, hokimliklar faoliyati ochiq va oshkoraligini taʼminlash, sohaga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 218-son “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Qarorga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron — “E-qaror” 2021-yilning yanvar – may oylarida Qashqadaryo viloyatida aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment oʻtkazilishi, 2021-yil 1-iyuldan boshlab huquqiy eksperiment natijalari asosida “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etilishi belgilangan.